Янгиликлар
12
Adliya boshqarmasi tomonidan Xovos tumani "Yangiyer" MFYda "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda
Loyiha doirasida Tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda "Yangiyer" MFYda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil qilindi.
Ŏtkazilgan tadbirda rentgen, UZI qurilmasini jalb etgan holda terapevt, kardiolog, dermatolog, ginekolog, pediatr, xirurg va boshqa mutaxassislar tomonidan mahalladagi 50 nafardan ziyod fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Shuningdek Tibbiy ijtimoiy xizmat brigadasi tomonidan jami 3 turdagi dori vositalar 30 dan ziyod aholiga bepul tarqatildi.
Tibbiy koʻrikdan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarni sogʻligini saqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini yanada kuchaytirishdan iborat.