Янгиликлар
12
Shar'iy nikohdagi oilaning nikohi qonuniylashtirildi
Oqoltin tumani FHDY bo'limi tomonidan aholining muammolari uyma-uy o‘rganilib, huquqiy yechimi yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Joriy yilning 12-dekabr kunida tumandagi “Obod” mahallasida 18 yildan buyon sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan 5 nafar farzandi bor fuqarolar Kadirov Shuhratbek va Kattayeva Muhayyolarning qonuniy nikohlari rasmilashtirildi.
Shu bilan birga 2 nafar farzandiga otalik belgilanib tug’ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilib berildi va guvohnoma topshirildi.