Янгиликлар
12
NIKOHNING QONUNIYLIGI HUQUQ VA MANFAATLAR KAFOLATI BOʻLADI
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonun asosida oʻtkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Oqoltin tumanida “Axillik” mahallasida 15 yildan buyon sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan 5 nafar farzandi bor fuqarolar Mukumov Shavkatjon va Totliboyeva hozirda 2 nafar farzandi bor, biroq ularning nikohi hech qayerda qayd etilmagan.
Birgina shu hujjatning yoʻqligi oilaning koʻplab ovoragarchiligiga ham sabab boʻlgani bor gap.
Oqoltin tumani FHDY bo'limi tomonidan aholining muammolari uyma-uy o‘rganilib, mazkur huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Joriy yilning 10-dekabr kuni sha’riy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqarolar Mukumov Shavkatjon va Totliboyeva Zebolarning qonuniy nikohlari rasmilashtirildi. Shu bilan birga 1 nafar farzandiga otalik belgilandi.