Янгиликлар
13
Sirdaryo viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
- Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius F.Djuraboyevaning litsenziyasi amal qilishi 2024-yilning 15-dekabridan 4 oy muddatga,
- Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius I.Xatamovning litsenziyasi 2024-yil 15-dekabrdan 15 kun muddatga,
- Yangiyer shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius O.Zokirovaning litsenziyasi 2024-yil 15-dekabrdan 4 oy muddatga to‘xtatildi.
Notarius F.Djuraboyevaning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish vakolati Guliston shahridagi notarius R.Eminovga, I.Xatamovning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish Guliston shahridagi notarius J.Sindarovga, O.Zokirovaning tugallanmagan notarial harakatlarini amalga oshirish Yangiyer shahridagi notarius H.Shodiyevaga yuklatildi.