Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

OGOHLIK - DAVR TALABI


Jinoyatchilik jamiyat uchun xavfli. Nosog‘lom muhit, atrofdagilarning beparvoligi ushbu illatning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shu bois har bir insondan ogohlik va hushyorlik talab etiladi.

Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ishonch” mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ushbu mahalla sariq hudud toifasiga kiritilgan.Tuman adliya bo‘limi, prokuratura, ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida bo‘lib o‘tgan tadbirda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, o‘zini-o‘zi band qilish orqali ishsizlikning oldini olish kabi masalalarda atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berilib, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.