Янгиликлар
16
SAYYOR XIZMATDAN FUQARO MAMNUN
Bugungi kunda Markazlar orqali elektron raqamli imzodan tortib, nafaqa tayinlash uchun ariza berish, kadastr pasportini shakllantirish deysizmi, tabiiy gazni hisobga olish uskunasini yechish va o‘rnatishga ariza yuborishdan tortib, yakka tartibda uy-joy qurishga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish kabi 400 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Ayniqsa, sayyor xizmatlar fuqarolar uchun yana bir qulaylikdir.
Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida olis hududlarda, shuningdek nogironligi mavjud bo‘lgan fuqarolarning xonadonlariga borgan holda sayyor xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
U. Axmedov Sirdaryo tumanidagi “Ulug‘bek” mahallasida istiqomat qiladi. Markaz xodimlari tomonidan kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha ariza qabul qilinib, fuqaroga sayyor xizmat ko‘rsatildi.
- 1 guruh nogironiman, soha xodimlaridan minnatdorman, xonadonimga kelib xizmat ko‘rsatib, mushkulimni oson qilishdi,- deydi U.Axmedov.