Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

TADBIRKORLAR FAOLIYATI QONUNIYLASHTIRILDI


Viloyat adliya boshqarmasi hamda soliq boshqarmasining qo‘shma ko‘rsatmasiga asosan tuman va shahar markazlari, chekka hududlaridagi aholi punktlari, shuningdek bozorlar, savdo komplekslarida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan Guliston shahar dehqon bozori hududidagi tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tadbirkorlarning qonuniy faoliyat olib borishi zarurligi targ'ib qilindi.

Sayyor xizmat davomida 10 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, faoliyati qonuniylashtirildi.