Янгиликлар
22
Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid
Bugun Sirdaryo viloyat davlat arxivida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Jahongir Shomirzayev hamda Dilnoz Umurzoqova ishtirok etib, jamiyatni tanazzulga yetaklovchi korrupsiya illati va uning huquqiy oqibatlari haqida so‘z yuritishdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, shuningdek adliya tizimida korrusiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-son qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan savollariga batafsil javob berildi.