Янгиликлар
22
O'ZIMIZ KELDIK
Boyovut tumani hududi jihatdan viloyatning eng katta tumanlaridan biri bo‘lib, aholi soni 132549 tani tashkil qiladi.
Tuman markazidan ancha olis bo‘lgan hududlar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishini ta’minlash maqsadida “O‘zimiz keldik” loyihasi doirasida Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Alisher Navoiy” mahallasida sayyor xizmat tashkil etildi.
Tadbir davomida kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari tushuntirildi.
Shu kuni 50 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Eng muhimi, aholining ham vaqti, ham naqdi tejalib, uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘ldi.