Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Sayyor qabul - xalq bilan muloqot


Adliya organlari bugun xalqqa yanada yaqinlashib, ularning muammolariga huquqiy yechim topish borasida ko‘maklashib kelmoqda. “Huquqiy ko‘mak” ijtimoiy aksiyasi ham ayni maqsad uchun xizmat qiladi.

Aksiya doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Sirdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda “Yoshlik”, “Bahor”, “Intilish”, “Islomobod”, “Matonat” kabi mahallalarda yashovchi fuqarolar, shuningdek, probatsiya nazoratida hamda profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning huquqiy muammolari tinglandi.

Sayyor qabulda kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatlar asosan kadastr, moddiy yordam, kredit olish, ishga joylashish, meros, mol-mulk, oila va nikoh munosabatlariga oid masalalarda bo‘ldi.

Har bir murojaat adliya mas’ullari tomonidan diqqat bilan tinglandi. Tadbirda ichki ishlar bo'limi, notarius, “Madad” NNT, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, soliq, bank va boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida tezkorlik bilan hal etish imkoniyatlarini yaratdi.

Tadbir doirasida ishsiz, band bo‘lmagan xotin-qizlar hamda yoshlar, probatsiya nazoratida turgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Shuningdek, tuman FHDY bo‘limi tomonidan 15 yildan buyon shar’iy nikohda yashab kelayotgan oilaning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

“Huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasidagi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati