Янгиликлар
23
TIL - MILLAT KO'ZGUSI
21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni. Sana munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, seminar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Markaziy bank Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida o‘tkazilgan davra suhbatida ham davlatchiligimizning muqaddas timsollaridan biri bo‘lgan o‘zbek tilining nufuzi va uning boy imkoniyatlari haqida so‘z bordi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Dilnoz Umurzoqova, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari Noriniso Qosimova, jurnalist Dilfuza Jarbekovalar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri ekanligi, davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgani haqida atroflicha so'z yuritildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir mehmonlari tomonidan dilbar she'rlar o'qib berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati