Янгиликлар
24
“Huquqiy koʻmak” aksiyasi Boyovutda
Xabaringiz bor, adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 14-oktabridan 28-oktabrga qadar ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy koʻmak” aksiyasi oʻtkazilmoqda.
Aksiya doirasida Boyovut tumani adliya bo'limi tomonidan Sovotobod mahallasida ommaviy sayyor qabuli tshkil etildi.
Qabulda 15 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi.
Shundan 5 nafar fuqaroning murojaati joyida o'z yechimini topdi, 5 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o'rganish muddat talab qiladigan 5 ta murojaat adliya bolimi ish yurituviga qabul qilindi.
Tadbir davomida saylov qonunchiligi, yangi saylov tizimining ahamiyati batafsil tushuntirilib, aholini huquqiy masalalar yuzasidan savollariga javoblar berildi.