Янгиликлар
24
SIRDARYOLIK YOSHLAR "HUQUQIY ZAKOVAT"DA BELLASHDI
“Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar o‘rtasida keng ommalashib, ularning eng qiziqarli mashg‘ulotidan biriga aylandi.
O‘yin o‘z nomiga mos zakiylik, aqlni charxlash xususiyatiga ega bo‘lib, mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishda xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Huquqiy zakovat” yoshlarning intellektual salohiyati hamda huquqiy savodxonligini sinovdan o‘tkazdi.
Tadbirda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga biriktirilgan 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.
Zakovatda 2 davra o‘yinda 20 ta savol o‘ynaldi.
Savollar ketma-ketlikda e’lon qilinib, har biri uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi. Savollar qiziqarli, mantiqiy, aniq faktlarga asoslangan holda tuzilib, komissiya tomonidan tanlab olingan.
Murosasiz kechgan bahslarda 3-o‘rin Sirdaryo tumani yoshlariga nasib etdi, Yangiyerlik yoshlar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sardoba tuman yoshlari esa huquqiy savodxonlik va zukkolikda tengsiz ekanliklarini namoyon etib, faxrli 1-o‘ringa munosib deb topildi.
Go‘lib jamoalar adliya boshqarmasining diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.