Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-981-son, 22.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Qonunga ko'ra, bir qator qonunlarga Suv xo'jaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlarini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini ta'minlash bo'yicha fermer xo'jaliklarining majburiyati va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinmoqda.