Янгиликлар
25
40-sonli manzil koloniyasida “Huquqiy koʻmak” aksiyasi o‘tkazildi
“Huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida navbatdagi tadbir Guliston tumanida joylashgan 40-sonli manzil koloniyasida tashkil etildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlar, ozodlikdan mahrum qilingan va jazo muddatini o‘tayotgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Muloqot mobaynida oila va nikoh munosabatlari hamda boshqa huquqiy masalalarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savolariga javoblar berildi.