Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sirdaryoda “VATANGA SODIQ YOSHLAR” loyihasiga start berildi


Mirzaobod tumanida joylashgan harbiy qismda yoshlar tantanali kutib olindi. Ular orasida adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan 50 nafar yoshlar ham bor.

Ushbu loyiha uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etilib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tadbir, sport musobaqalari o‘tkaziladi va harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishtiriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad harbiylar hayotini yaqindan o‘rganish, yoshlarni vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Loyiha doirasida Adliya boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar agentligining viloyat boshqarmalari tomonidan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.

Gulxan atrofida tashkil qilingan davra taassurotlarga boy bo‘ldi.