Янгиликлар
21
"Huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkazildi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 14-oktyabridan 28-oktyabr kuniga qadar davom etadigan mazkur aksiya doirasida sayyor qabullar, “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari, mehnat yarmarkalari, bepul yuridik yordam, huquqiy maslahatlar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan IIV huzuridagi jazoni ijro etish departamenti 8-son tergov hibsxonasida o‘tkazilgan tadbirda Konstitutsiyada nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga oid normalar, saylov qonunchiligi haqida batafsil so‘z yuritildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul o‘tkazilib, tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari tinglandi.