Янгиликлар
21
Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birdek mas’ul
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida tashkil qilingan tadbir ushbu illatga qarshi kurashishga oid qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Tadbirda korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining yo‘nalishlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, muloqot davomida odam savdosi, firibgarlik, o‘g‘irlik, bezorilik jinoyatlari, mazkur jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savolarga javob oldilar.