Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ona tilim – jonu dilim


Ma’lumki, davlat tili siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda xalqni birlashtiruvchi qudratli vosita sanaladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Buni o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar samaralari tasdiqlaydi.

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 11-sonli umumta’lim maktabida “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida tashkil etilgan tadbirda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritilib, yoshlarning huquqiy savodxonligi oshirildi.