Янгиликлар
21
HUQUQNI MUSTAQIL O'RGANAMIZ
Adliya vazirligi tomonidan aholiga, xususan yoshlarga o‘z huquqlarini yaxshiroq tushunish va himoya qilishda ko‘maklashish maqsadida “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Ilovada video ma’ruzalar, taqdimotlar va testlar joylashtirilgan bo‘lib, ular nafaqat huquqiy bilimlarni nazariy jihatdan o‘zlashtirishga, balki ularni amalda qo‘llashga ham yordam beradi.
Shuningdek, foydalanuvchilarni rag‘batlantiruvchi tizim ham nazarda tutilgan.
“Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda huquq fani o‘qituvchilariga ko‘maklashish maqsadida yaratilgan "Huquq ta'limi" sahifasini ommalashtirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va Guliston shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan Guliston shahridagi umumta’lim maktablarida targ'ibot ishlari olib borilib, yuqoridagi ilova hamda platformaga ulanish va undan samarali foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi.