Янгиликлар
21
OLIS HUDUDLARDA SAYYOR XIZMAT
Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan olis hududlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida fuqarolarning yashash manziliga borgan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Ana shunday tadbirlar “Ozodlik” va "Paxtakor" mahallalarida tashkil etildi.
Shu kuni aholiga bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, elektron raqamli imzo kaliti olish, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olishga navbatga qo‘yish, kadastr pasportini shakllantirish va loyiha hujjatlarini kelishish, dehqon xo'jaligini davlat ro'yxatiga olish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish kabi 50 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Shuningdek, mazkur tadbirlar davomida saylov qonunchiligi, energoresurslar bilan bog'liq yangiliklar batafsil tushuntirilib, targ'ibot materiallari tarqatildi.