Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi


Bugun Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni yuzasidan seminar tashkil etildi

Tadbirda viloyat prokuratura xodimi Q. Mamatqulov va  Adliya boshqarmasi masʼul xodimi A.Axrorovlar ishtirok etishdi hamda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi.

Tadbirda manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarni tartibga solishda xodimning huquq va majburiyatlari toʻliq tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish hamda korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.