Янгиликлар
16
ADLIYADA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"
Sirdaryo tuman adliya boʻlimida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilib, unda 4-sektor hududida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari adliya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Bo'limga ekskursiya davomida otaliqqa olingan yoshlar tizim xodimlariga va fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY organlari fa'oliyati haqida keng ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga oid qonunchilik va ulardagi yangiliklar mazmun-mohiyatiga ham to'xtalib o'tildi.
"Ochiq eshiklar kuni" yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish hamda huquqshunoslik kasbiga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.