Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

HARBIY QISMDA SAYLOV QONUNCHILIGI TARG'IB QILINDI


O‘zbekistonda parlamentga saylovlar aralash – majoritar-proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimi asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanadi. Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son CHR batalyonida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri saylov qonunchiligiga oid yangiliklarni tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Tadbirda Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i S.Xalilov  saylovning asosiy qoidalari, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur targ'ibot tadbiri harbiy xizmatchilarning elektoral madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.