Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya vaziri Sirdaryoga xizmat safari davomida viloyat adliya boshqarmasi binosida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati hamda “Yoshlar balansi” elektron dasturi bilan tanishdi.


Situatsion markazda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida mavjud barcha elektron qurilmalar, davlat xizmatlari koʻrsatilishi, adliya binolariga oʻrnatilgan quyosh panellarining energiya ishlab chiqarish faoliyati, shuningdek, avtomobillar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoni mavjud.

“Yoshlar balansi” elektron dasturi esa yoshlar bilan ishlash tizimini elektronlashtirish maqsadida yaratilgan boʻlib, dasturga adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sohaga oid muammolarini hal etish hamda ularning bandligi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar kiritib boriladi. Ushbu tajribani keng ommalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy axborotni tarqatish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, aholi va yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish borasida yangicha yondashuv asosida “Huquqiy taksofon” joriy qilindi.

Unda badiiy va yuridik adabiyotlar, qonunchilikka oid yangiliklar sodda va xalqchil tilda bayon etilgan targʻibot materiallari – buklet, flayer va infografikalar oʻrin egallagan. “Huquqiy taksofon” viloyat hamda barcha tuman va shahar markazlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Adliya vaziri A.Toshqulov Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining ushbu tajribasi bilan ham tanishdi.