Янгиликлар
20
YOSHLAR OILAGA TAYYORLANMOQDA
Sirdaryo tuman 1-son FHDY bo'limi tomonidan oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaga tayyorlash, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oila va xotin qizlar bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi tadbir “Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlash markazida bo'lib o'tdi.
O'quv mashg'ulotiga tuman Adliya bo'limi, tibbiyot xodimlari, psixolog va otinoyilar ham jalb qilindi.
Tadbir davomida 24 nafar nikohlanuvchi yoshlarga seminar-treninglar orqali huquqiy, psixologik, amaliy va hayotiy tushunchalar berildi.
Seminar so'ngida "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" o'quv dasturi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.