Янгиликлар
20
Faqat birga korrupsiyani to‘xtata olamiz
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashishni ham taqozo etadi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi” murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlarda, xorijiy va milliy qonunchilikka asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tufayli uchraydi. 2024-yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
“Adliya va yoshlar” loyihasi doirasida bugun Guliston davlat pedagogika institutida “Faqat birga korrupsiyani to‘xtata olamiz” mavzusida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur Qonun mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicvha vakolatli organlar mas’ul xodimlarining ishtiroki mavzu yanada kengroq yoritilishiga zamin yaratdi.
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ushbu targ'ibot tadbiri dastlab manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘luvchi omillar haqida tayyorlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi.
Muloqotda oliy ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Qizg‘in savol-javob, munozaga boy bo‘lgan tadbir davomida yoshlar korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan omillar va ushbu xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati