Янгиликлар
21
Bugun adliya boshqarmasida sport kuni
Xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, kuch va imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish, eng muhimi jamoaviylik va sog'lom turmush targ'ibotiga qaratilgan "Adliya spartakiadasi"ning Sirdaryo viloyat bosqichi o'tkazildi.
Boshqarma hamda tuman va shahar adliya bo'limlari xodimlari o'rtasida futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha o'tkazilgan musobaqalar har galgidan yanada shiddatli bo'ldi.
Qizg'in ruhda o'tgan bellashuvlarda g'oliblar aniqlandi. Ular yaqinda respublika miqyosida o‘tkaziladigan "Adliya spartakidasida" ishtirok etib, boshqarma sharafini himoya qiladilar.