Янгиликлар
24
ADLIYADA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"
Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida otaliqqa olingan yoshlar hamda Yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar tizim faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga huquqshunoslik kasbi, uning o‘ziga xos jihatlari, nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi.
Tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishini bevosita kuzatgan yoshlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar. Muloqotlar davomida yuridik ta’lim va kadrlar tayyorlash, adliya organlariga ishga kirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida adliyaning yosh xodimlari tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.