Янгиликлар
25
Adliya deputatlarga sayyor tartibda axborot berdi
Bugun, 25-sentyabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Sessiya kun tartibidan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidovning axboroti ham o‘rin olgan.
Adliya deputatlarga sayyor tartibda axborot berdi.
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining bir guruh vakillari viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi. Deputatlar dastlab adliya boshqarmasida “Sirdaryo tajribasi” sifatida taskil qilingan “Huquqiy taksofon”ning imkoniyatlari, situatsion markaz faoliyati, “Yoshlar balansi” elektron dasturining qulayliklari, shuningdek “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng, Boshqarma boshlig‘i Jahongir Zohidovning 2024-yilning I yarim yilligi davomida boshqarma tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida «Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini tashkil etish hamda aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni o‘rganish va joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan tajribalar o‘rtoqlashildi.
Yakunda deputatlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati