Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya boshqarmasida press-tur va matbuot anjumani o'tkazildi


“Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida bugun 2024-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Tadbirda bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, veb-sayt adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Dastlab OAV vakillari uchun adliya boshqarmasida press-tur tashkil qilinib, “Sirdaryo tajribasi” asosida joriy qilingan “Huquqiy taksofon”ning imkoniyatlari, situatsion markaz faoliyati, “Yoshlar balansi” elektron dasturining qulayliklari, shuningdek “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i Jahongir Zoxidov anjuman ishtirokchilariga boshqarma tomonidan 2024 yilning 2-choragi davrida amalga oshirilgan ishlar, adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Press-turning navbatdagi manzili Guliston shahridagi “Namuna” mahallasi boʻldi. “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan bu yerda “Mahalla huquqshunosi” xonasi tashkil etilgan.

Huquqiy adabiyotlar va zarur texnik vositalar bilan jihozlangan ushbu xonada Adliya vazirligining elektron huquqiy manbalariga QR-kod orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish imkoniyati yaratilgani “mahalla yettiligi”, shuningdek aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jurnalistlar “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasidagi ishlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Matbuot anjumani va press-tur qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha xodimlari tomonidan batafsil javoblar va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati