Янгиликлар
26
SAYLOV QONUNCHILIGI TUSHUNTIRILDI
Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo'yicha tayorlash markazida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Unda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, viloyatlar, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlariga saylov o'tkazish tartibi batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.