Янгиликлар
27
HARBIY QISMDA SAYLOV QONUNCHILIGI TARG'IB QILINDI
O‘zbekistonda parlamentga saylovlar aralash – majoritar-proporsional tizim asosida bo‘lib o‘tadi. Bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek mojaritar saylov tizimi asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanadi. Shirin shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri saylov qonunchiligiga oid yangiliklarni tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirda Shirin shahar adliya bo'limi boshlig'i Ikrom Hakimov saylovning asosiy qoidalari, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, saylov kampaniyasi va ovoz berish jarayonlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Mazkur targ'ibot tadbiri harbiy xizmatchilarning elektoral madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.