Янгиликлар
27
GULISTONLIK YOSHLAR ADLIYADA
Bugun Guliston shahar adliya bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi. Unda yuridik texnikum hamda 4-sektor hududida joylashgan, adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda adliya organlarining vazifa va funksiyalari haqida keng ma'lumotlar berildi hamda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, yoshlar huquqlari va vatanparvarlik mavzusida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yoshlar bo'lim faoliyati bilan yaqindan tanishish asnosida davlat xizmatlari markazi, FHDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazida ish jarayonining borishini bevosita kuzatdilar.
Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Eng muhimi, ular adliya organlari faoliyati to‘g‘risida to'liq tasavvurga ega bo‘ldilar.