Янгиликлар
27
"MAHALLA HUQUQSHUNOSI" LOYIHASI AMALDA
Sayxunobod tuman adliya boʻlimi tomonidan “Mahalla huquqshunosi” loyihasi doirasida seminar oʻtkazildi
Unda tumandagi 19 ta mahalla raislarining saylov qonunchiligi boʻyicha huquqiy bilimlari oshirildi.
Endilikda Oʻzbekistonda parlamentga saylovlar aynan aralash – majoritar-proporsional tizim asosida boʻlib oʻtishi, bunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 75 nafari odatdagidek majoritar saylov tizimi asosida, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida saylanishi taʼkidlanib, yangi saylov tizimining ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, ushbu mahallalarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, fuqarolarning huquqiy masalalari bilan ishlash, bu borada ishni toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatildi.