Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yerlarni qonuniylashtirish qanday asos va tartibda kechadi?


Hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yo‘q yoki to‘liq bo‘lmagan, yer uchastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelayotgan yoki yerga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetmagan yer uchastkalari mavjud.

Qolaversa, amaldagi qonunchilikda ushbu yerlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan. “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada yana bir mustahkam huquqiy asos bo‘ldi.

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatida Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan mazkur qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan amaliy-seminarlar tashkil etilmoqda.

Guliston shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Mirzaobod, Guliston tumanlari va Guliston shaharidagi manfaatdolr tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda qanday toifadagi mulklarga mulk huquqi e’tirof etilishi, ko‘chmas mulklar qanday shartlar asosida qonuniylashtirilishi, huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari haqida batafsil ma’lumotlar hamda Qonun ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Bu kabi amaliy seminarlar Oqoltin, Boyovut, Sirdaryo tuman hokimliklarida ham o'tkazildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati