Янгиликлар
04
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida tadbir tashkil qilindi
Bu yilgi saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi.
Aholining saylovga oid huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida adliya organlari tomonidan joylarda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida tashkil etilgan navbatdagi tadbir ham aynan saylov qonunchiligi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Unda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari Sherozbek Dodoyev va Dilnoz Umurzoqova saylov jarayonida qonuniylik, kampaniyaning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda OAVlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli, “E-saylov” axborot tizimining ahamiyati bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi.