Янгиликлар
04
Adliya faxriylarni e'zozlaydi
Adliya tizimida shunday an'ana bor, ulug' ayyomlar arafasida sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga hurmat-ehtirom ko'rsatiladi.
1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ushbu qadriyat yana bo'y ko'rsatdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo'limlari mas'ullari tizimda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan va hozirda o‘z hayotiy tajribasi va o'gitlari bilan shogirdlariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurib, ustozlarni bayram bilan muborakbod etishdi.