Янгиликлар
04
"Tinchlik" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni”
Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan “Tinchlik" mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirida qonunchilikdagi yangiliklar, eng muhimi aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsad qilingan.
Tadbirda “Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.
Muloqot mobaynida aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur tushuntirishlar berildi.