Янгиликлар
08
BOYOVUTLIK YOSHNING MUAMMOSI HAL ETILDI
Boyovut tumanidagi 4-sektor hududida joylashgan 3 ta mahallada 1048 nafar yoshlar Adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, va FHDYO organiga biriktirilgan bo‘lib, ushbu taqsimot asosida 7 ta asosiy toifadagi yoshlar bilan manzilli va induvidual ishlab kelinmoqda.
Erkin Omonliqov Boyovut tumanidagi Olmazor mahallasida istiqomat qiladi. U ustachilik bilan shug‘ullanadi.
Tuman Adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Erkin Omonliqovga qurilish va payvandlash ishlarida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalarga ehtiyoji borligi ma’lum bo‘ldi.
Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan bu borada zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, unga amaliy yordam berildi.