Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILINDI


Adliya organlari tomonidan nafaqat ijtimoiy muhtoj yoshlarning muammolarini bartaraf etish hamda bandligini ta’minlash, balki  xorijiy davlatlarga vaqtinchalik mehnat qilish uchun jo‘nab ketgan yoshlar bilan manzilli ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Xususan, Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Rossiya va Qozog‘iston  davlatlatlarida ishlash va o‘qish uchun ketgan yoshlar bilan videoqo‘ng‘iroq shaklida suhbatlashdi.

Muloqotlar davomida yurtimizdagi o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berilib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni ijobiy hal etish, zarur hollarda, huquqiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tushunchalar berildi.