Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangiyerda "Adliya sayli" o'tkazildi


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuqori bo‘lishi har bir soha rivoji uchun zarur ekanligini bugun hayotning o‘zi isbotlab turibdi.  E’tibor bersangiz inson tug‘iliboq, xech kimni tanimay, hech bir narsani anglamay turiboq, eng avvalo, o‘zining haq-huquqlariga ega bo‘ladi. Yashashi, faoliyati, yon-atrof bilan muloqotga kirishishi natijasida mazkur huquqlar kengayadi.

Ular har bir insonni erkin va ozod yashashi, o‘sishi, muvaffaqiyatlarga erishishi, jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishi uchun yordam beradi.Xalq manfaati, aholi farovonligi uchun qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish esa imkoniyatlar kalitidir.                                                                                                          

Yangiyer shahar madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan sayildan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga huquqiy axborotlarni, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish, hayot va huquqni bir maydonda birlashtira olishdan iboratdir. Tadbirni Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i Jahongiz Zoxidov kirish so‘zi bilan ochib, yig'ilganlarni tobora yaqinlashib kelayotgan eng ulug, eng aziz bayram Mustaqillikning 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish barobarida, adliya hamisha ular bilan birga ekanini his etishlariga ko‘maklashishini o'z ma'ruzasida alohida ta'kidlab o'tdi.

Sayilda 20 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maslahat burchaklari tashkil qilinib, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar, kredit va mikroqarz olish, eksport qilish va investisiya kiritish, aliment undirish, soliq va davlat xizmatlaridan foydalanish kabi hayotiy zarur masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shunigdek, adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil qilinib, aholi muammolari o‘rganildi.

Tadbir doirasida yosh oilaning nikohi qayd etildi, 1 nafar fuqaroga takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi, 16 yoshga to‘lgan 4 nafar yoshga ID kartalar topshirildi.

Keng qamrov kasb etgan ushbu tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchi va xodimlar xizmat vaqtida foydalaniladigan anjom-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek, sportning kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qoidalar eslatildi hamda yong‘in o‘chirish texnikalari namoyish qilindi.

Tadbir davomida mamlakatimizda energiya barqarorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘ibotiga alohida urg‘u berildi.

Ayniqsa, tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi mehnat bozorida munosib ish o‘rniga ega bo‘lish istagida yurgan fuqarolar uchun ayni muddao bo‘ldi.

“Adliya sayli”da nodavlat notijorat tashkilotlari ham asosiy e’tiborda bo‘ldi. Xususan, “Biz birgamiz” aksiyasi doirasida nogironligi bor fuqarolarning ko‘rgazmalari tashkil etilib, ommaga namoyish etildi.

Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan viktorina aholining tibbiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qildi.

Tadbir doirasida kitobxonlik, turli sport musobaqalari, huquqiy tanlovlar ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Yangiyer shahrining so‘lim go‘shasida o‘tkazilgan “Adliya sayli” chinakam huquqiy bayram bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati