Янгиликлар
29
ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG'I SAYXUNOBODDA SAYYOR QABUL O'TKAZDI
Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga huquqiy yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
"Adliya kuni" doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i J. Zoxidovning Sayxunobod tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida 10 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar qabul qilindi.
Jumladan, “Ittifoq” mahallasida yashovchi fuqaro T.Jalilov turmush o‘rtog‘ini ishga joylashtirish masalasida, Guliston” mahallasidan kelgan Sh.Bosimovning hadya shartnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati tinglanib, ish yurituvga qabul qilindi.
“Paxtakon” mahallasi fuqarosi B. Raximovaning mahalla ko‘chasini asfalt qilish bo‘yicha qilgan murojaati yuzasidan joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul davomida aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.