Янгиликлар
30
"BUYUK KELAJAK"DA "HUQUQIY TARG'IBOT KUNI"
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Buyuk kelajak” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Maqsad qonunchilikdagi yangiliklarni keng aholi qatlamiga yetkazish.
Tadbirda elektr hamda gaz ta’minoti korxonlari vakillari taklif etildi. Soha xodimlari energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, energiya tejamkor texnologiyalar istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Uchrashuv mobaynida adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan saylov tizimidagi yangiliklar, saylovning asosiy qoidalari tushuntirildi.
Shuningdek, “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida xotin-qizlarga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, oila va nikoh munosabatlari, gender tenglik, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizma