Янгиликлар
04
BILIMLAR SARI CHORLOV
Bugun Guliston shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida ham birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!» shiori ostida o‘tkazilgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirida Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy qutladi va a’lo baholarga o‘qishlarida omad tiladi.
Yangi o‘quv yilining ilk soatlari “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.