Янгиликлар
06
O'ZIMIZ KELDIK
“O‘zimiz keldik”. Aholiga qulaylik yaratish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyihadan bugun xalqimiz mamnun. Boisi soha xodimlari mahallalarda, xonadonlarda, bozorlaru, aholi gavjum joylarda bo‘lib fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi tadbir “Paymard” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida sayyor tartibda aholiga 52 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, sovuq suv hisoblagichini o‘rnatish, yechish, tamg‘alash uchun arizalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, jarayonda davlat xizmatlaridan foydalanish, saylov qonunchiligidagi o'zgarishlar, energoresurslar bilan bog'liq yangiliklar batafsil tushuntirildi hamda targ'ibot materiallari tarqatildi.