Янгиликлар
06
“Adliya kuni” tadbiri huquqiy muammolar yechimi uchun xizmat qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan Guliston tuman “Ibrat” mahallasida “Adliya kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda “A.Yassaviy”, “Ahillik, “Do’stlik”, “Sohilobod” mahallalari fuqarolari ham qamrab olindi.
Aholining elektoral madaniyatini yukssaltirish, saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida dastlab saylov tizimidagi yangiliklar tushuntirildi. Shuningdek, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng sayyor qabul o‘tkazilib, aholining muammolari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati kadastr hujjatini rasmiylashtirish, badlik, kredit, oilaviy munosabatlarga oid bo‘ldi.
Adliya mas’ullari tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, yechimi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga olindi.
Tadbir davomida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi.
“Adliya kuni” tadbiri huquqiy muammolar yechimi uchun xizmat qildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati