Янгиликлар
06
"QIZIL" HUDUDDA "ADLIYA KUNI"
“Shukrona” mahallasida aholi soni 2950 tani, xonadonlar soni 833 tani, oilalar soni soni 995 tani tashkil qiladi.
Ushbu mahalla jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” hudud toifasiga kiritilgan.
Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan mahalla yettiligi bilan birgalikda uyma-uy yurgan holda mahalla fuqarolari bilan muloqot qilinib, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi.
Tadbir davomida saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar, energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi hamda muammoli masalalar ish yurituvga qabul qilindi.