Янгиликлар
16
Oila — muqaddas dargoh, uni asrab-avaylash burch
Oila – muqaddas va qutlug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkin. Ma’lumki, mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e’zozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga to‘kis yetib borishini ta’minlaydigan moʻtabar dargoh.
Bugun Guliston tumani hokimligida ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat o'tkazildi. Unda tuman hokimi O'lmasjon Mamadaminov, tuman sektor rahbarlari, adliya, FHDY, tuman bosh imom xatibi va 17 ta ajrim yoqasidagi oilalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mutasaddilar tomonidan oila - muqaddas dargoh, uni asrab avaylash har bir insonning burchi, kelajakda o'rtadagi farzandlarining tarbiyasiga tasir ko'rsatishi ta'kidlandi.
Shundan so'ng, ajrim yoqasidagi oilalar bilan yuzma-yuz suhbatlar o'tkazildi hamda 17 ta ajrim yoqasidagi oilalarning 7 tasi o'z qarorlarini o'zgartirib yarashib olishdi.