Янгиликлар
20
QAROR TARG'IBOTI DAVOM ETMOQDA
Guliston tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga tezkor va shaffof xizmat ko'rsatish bilan birga xizmatdan foydalanuvchilar o'rtasida targ’ibot tadbirlari ham o’tkazilmoqda.
Ayni kunlarda markazi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilishmoqda.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblarini batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan targ'ibot materiallari tarqatildi.